Samarqandliklar erta tongdan Islom Karimov qabriga kelishmoqda

Obuna bo‘lish
Dafn marosimi kuni qabristonga, chet ellik delegatsiyalar tufayli, mahalliy fuqarolar kiritilmagan edi, lekin bugun u yer barcha uchun ochiq.

 

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Bugun erta tongdan Samarqandning yuzlab aholisi O‘zbekiston birinchi prezidenti qabriga tashrif buyurmoqda.

Fotiha o‘qishga keluvchilar soni juda ko‘pligi tufayli, Shohi Zinda yonida ular bir soat davomida navbat kutib qolmoqdalar.

Tarixiy maqbaralardan iborat Shohi Zinda majmuasida O‘rta Asrlar davrida yashagan buyuk mutaffakir va sarkardalar dafn etilgan. Islom Karimovning ota-onasi va akalari ko‘milgan ushbu majmuada yaqinidagi mozorda 1990-yilardan beri dafn qilish ta’qiqlangan edi, lekin O‘zbekistonning birinchi Prezidenti uchun ushbu qoidadan mustasno qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti majmuaning eng boshida, 19-asrda qurilgan Xazrat-Xizr masjidining yonida dafn etildi. Masjid Islom Karimov tashabbusi bilan 2006-yilda qayta ta’mirlangan edi.

Islom Karimovning qabri gullarga ko‘milgan, lekin u yerda hozircha hech qanday maqbara yoki unga o‘xshash bino qurilmagan. Ziyoratga kelganlar qabr yonida turgan stullarga o‘tirishadi, mulla fotiha o‘qiyda va barcha Islom Karimov xotirasiga omin qiladi. Keyin navbatdagi guruh keladi. Shu tartibda odamlar uzuluksiz kelmoqda. Kun kechida fotihaga kelganlar soni bir necha ming kishini tashkil qilsa ajab emas.

Ko‘p sonli militsiya xodimlari tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilgan, kelganlarga suv ulashilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0