Google Rossiya Antimonopoliya xizmatini sudga berdi

© AFP 2023 / li xinOtrajenie logotipa Google. Arxivnoe foto
Otrajenie logotipa Google. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ariza 2-sentabr kuni topshirildi. Bu Googlening FAX ustidan arbitraj sudlariga bo‘lgan uchinchi murojaati.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. AQShning Google kompaniyasi Rossiya Federal antomonipoliya xizmati (FAS) ustidan Moskva Arbitraj sudiga ariza topshirdi, sud materiallariga asosan.

Ariza 2-sentabr kuni topshirildi. Sud ushbu ariza bo‘yicha hali tekshirishni boshlamadi. Bu Googlening FAX ustidan arbitraj sudlariga bo‘lgan uchinchi murojaati.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Rossiyaning yetakchi internet qidiruv portali Yandeks, Federal antomonopoliya xizmatidan Googlening Android mobil operatsion tizimida oldindan o‘rnatilgan dasturlar siyosatini, Rossiya antimonopoliya qonunchiligi nuqtayi nazaridan tekshirib ko‘rishni so‘ragan edi. Yandeks aytishiga qaraganda, Google o‘zining yetakchi rolidan foydalanib, Android operatsion tizimida o‘zi ishlab chiqqan dasturlarga imtiyoz bermoqda.

FAX buni tekshirib monopoliyaga qarshi qonunlar buzilayotganligi aniqlagan va Googlega ushbu kamchiliklarni bartaraf qilishga muhlat bergan edi. Google bunga javoban FAXga qarshi ikki marta sudga muroaat qilgan, lekin sudlar korporatsiya davosiga rad javobi bergan edi.

2016 yilning 11-avgustida FAX Google korporatsiyasiga, aniqlangan qonunbuzarliklarni belgilangan muddatda bartaraf qilmagani uchun, Rossiya monopoliyaga qarshi qonunlariga ko‘ra, belgilangan tartibda, 438 mln rubl jarima soldi.

Yangiliklar lentasi
0