Ilxom Aliyev Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Azerbaydjanskiy kulturniy sentr v TashkenteIlhom Aliyev O‘zbekiston elchixonasida
Ilhom Aliyev O‘zbekiston elchixonasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Prezidenti Bokudagi O‘zbekiston elchixonasida ochilgan ta’ziya kitobida o‘z hamdardliklarini yozib qoldirdi. U shuningdek, O‘zbekiston elchisi Sherzod Fayziyev bilan suhbat o‘tkazdi va unga o‘zbek xalqining chuqur qayg‘usiga sherikligini aytdi.

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev Bokudagi O‘zbekiston elchixonasiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazidagi manba.

Ozarbayjon Prezidenti Bokudagi O‘zbekiston elchixonasida ochilgan ta’ziya kitobida o‘z hamdardliklarini yozib qoldirdi. U shuningdek, O‘zbekiston elchisi Sherzod Fayziyev bilan suhbat o‘tkazdi va unga o‘zbek xalqining chuqur qayg‘usiga sherikligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafot etgani hamda mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi barcha diplomatiya va konsullik vakolatxonalarida hamdardlik kitobi ochildi. Shuningdek, vakolatxona binolaridagi Davlat bayroqlari engashtirib qo‘yilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0