AQSh Karimovning vafotidan keyin O‘zbekiston bilan sheriklik siyosatini davom ettiradi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV rahbari AQSh Davlat kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari AQSh Davlat kotibi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika diplomati AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan AQSh nomidan hamdardlik izhor etib, O‘zbekiston ahliga dalda bildirilgan maktubi matnini taqdim etdi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini davom ettirish niyatida, deb ta’kidladi seshanba kuni jurnalistlarga AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniyel Rozenblyum.

2016 yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Daniyel Rozenblyumni qabul qildi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matubot-xizmati.

"Men Islom Karimov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish, shuningdek, O‘zbekiston bilan sheriklik majburiyatini namoyish etish uchun mana bir necha kundan beri Toshkentdaman", — dedi Rozenblyum o‘zining O‘zbekistonga safari chog‘ida.

Bundan sal oldin O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi amerikalik diplomat O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.

Rozenblyumning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston ahliga dalda bildirilgan maktubini Abdulaziz Kamilovga topshirgan.

Yangiliklar lentasi
0