Dubayda dunyodagi eng katta raqs tushadigan favvora ochilmoqda

© Youtube / Meydan Real EstateMeydan One Mall prototipi
Meydan One Mall prototipi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favvora maydoni 30 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Dunyodagi eng ulkan uzunligi 100 metrlik va kengligi 400 metrni tashkil qiluvchi raqs tushadigan favvora Dubayda bunyod etiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda ma’lum qilinishicha, favvora Dubaydagi Meydan One Mall savdo majmuasi ichida quriladi, ushbu loyihaga 2015-yilning avgustida start berilgan.

Favvora maydoni 30 ming kvadrat metrni tashkil etadi, deyilgan xabarda.

Dunyodagi eng ulkan va uzun musiqiy favvoralardan biri Dubayda 2009-yildan buyon faoliyat yuritadi. Favvora Burj Xalif minorasi oldida joylashgan. Uning uzunligi 275 metr bo‘lib, tizillab otilgan suv oqimi balandligi esa 150 metrni tashkil qiladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0