Putin: O‘zbek xalqi Rossiyani eng ishonchli do‘sti sifatida bilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalqi va respublika rahbariyati Rossiyaga to‘liq ishonishi mumkin, xuddi eng ishonchli do‘stiga ishongani kabi, deya bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti O‘zbekiston xalqi Rossiyaga to‘laligicha ishonishi mumkinligi haqida gapirdi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

"Albatta, umid qilamizki, Islom Karimov tomonidan boshlangan ishlar davom ettiriladi. Biz o‘zimiz tomondan ushbu hamkorlik yo‘li yanada ravnaq topishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz: o‘zbek xalqini, O‘zbekiston rahbariyatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu borada bizga xuddi eng ishonchli do‘stingizga ishongandek ishonishingiz mumkin", — dedi Putin O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda.

"Islom Abdug‘aniyevich (Karimov) mamlakatimiz o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratdi, bizning munosabatlarimiz strategik va strategik sheriklik asosida qurilgan", — deya alohida ta’kidladi Rossiya yetakchisi.

"Big‘z hamisha bu munosabatlarni yuqori qadrlaganmiz", — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0