Shavkat Mirziyoyev Putinning tashrifi haqida: eng og‘ir damda chin do‘st o‘zini shunday tutadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi
Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni Toshkentda vafot etgan edi. Rossiya tomondan dafn marosimida RF hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bugun Rossiya prezidentining shaxsan o‘zi Islom Karimov qabriga gul qo‘yish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor va ittifoqdosh bo‘lib qoladi, va bu faoliyat davom ettiriladi, deya bayonot qildi seshanba kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Putin Islom Karimov qabri oldida tiz cho‘kib, gul qo‘ydi
6 sentabr kuni Rossiya prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, u kishining yaqinlariga shaxsan hamdardlik bildirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

"Sizning bugungi tashrifingiz ko‘p narsani anglatadi, va biz sizdan bu uchun minnatdormiz. Eng qiyin damda haqiqiy do‘st o‘zini shunday tutadi — yelkama-yelka turadi. Butun respublika, butun o‘zbek xalqi ayni vaqtda chuqur qayg‘uda, biz birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich uchun a’za tutmoqdamiz", — deb ta’kidladi O‘zbekiston Bosh vaziri Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Dmitriy Medvedevning dafn marosimiga tashrifi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

"Biz kecha Xitoydagi intervyuingizni ko‘rdik, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich haqida so‘zlagan ijobiy gaplaringizni eshitdik. Siz to‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida jiddiy o‘zaro hamkorlik tuzilmalari shakllangan", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston Bosh vaziri Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari "strategik hamkorlik va ittifoqchilik maqomida bo‘lgani, hozir ham shundayligi va bundan keyin ham xuddi shunday bo‘lib qolishini" ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0