Eron Saudiya Arabistonini jazolashga chaqirdi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yili Mino vodiysida haj marosimi paytida tiqilinch oqibatida 464 nafar eronlik ziyoratchi halok bo‘lgandi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy musulmon mamlakatlarini birlashishga hamda Saudiya Arabistonini haj marosimlarini saviyasiz tashkil qilganligi va terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun jazolashga chaqirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Hududdagi va islom dunyosidagi mamlakatlar muammoni hal qilish uchun o‘zaro chora ko‘rishlari va Saudiya Arabistoni hukumatini jazolashlari lozim”, deya prezidentning so‘zlarini keltiradi IRNA agentligi. Ruhoniy shuningdek Saudiya Arabistoni hukumatini hududda terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganligi oqibatida “Iroq, Suriya va Yamanda musulmonlar qoni to‘kilayotganligi”da aybladi.

O‘tgan yili Mino vodiysida haj marosimi paytida tiqilinch oqibatida 464 nafar eronlik ziyoratchi halok bo‘lganidan keyin Eron ar-Riyodni haj marosimini yomon tashkillashtirishda ayblagan va bu yilgi marosimlarda eronliklar uchun maxsus xavfsizlik kafolatlarini talab qilgandi. O‘z navbatida Saudiya hukumati Eronning talabini qabul qilib bo‘lmas deb atagan va barcha ziyoratchilar uchun sharoit bir xilda yaratilishini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0