Turkiyada 100dan ortiq armiya imomlari qoʻlga olindi

© BULENT KILIC / AFPTurkiya. 2016 yil 16 iyul
Turkiya. 2016 yil 16 iyul - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻlga olinganlar isyon uyushtirishda ayblanayotgan muxolifatchi Fathulloh Gyulen bilan aloqador deb hisoblanmoqda.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Turk politsiyasining 17ta viloyatda oʻtkazgan operatsiyasi natijasida davlat toʻntarishiga urinishda aloqadorlikda gumon qilinib 105 nafar armiya imomi qoʻlga olindi, deb xabar berdi RIA Novosti NTV telekanaliga asoslanib.

Qoʻlga olinganlar isyon uyushtirishda ayblanayotgan muxolifatchi Fathulloh Gyulen bilan aloqador deb hisoblanmoqda.

Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdoʻgʻon Turkiya xalqidan qoʻzgʻolonni bartaraf qilishda yordam soʻradi
16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy davlat toʻntarishiga urinishdi. Asosiy toʻqnashuvlar Anqara va Istanbulda sodir boʻldi. Isyonchilarni hisobga olmaganda 246 nafar fuqaro halok boʻldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Qoʻzgʻolon bostirildi. Turkiya hukumati Gyulenni davlat toʻntarishiga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishini soʻradi. Gyulenning oʻzi esa isyonni qoraladi va bu ishga aloqasi yoʻqligini bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala