Jamiyat

Davlat organlariga onlayn-murojaatlar faqat elektron imzo bilan qabul qilinadi

© Sputnik / Vitaliy AnkovKliyent stavit elektronnuyu podpis
Kliyent stavit elektronnuyu podpis - Sputnik Oʻzbekiston
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga faqat elektron raqamli imzo orqali murojaat qilish majburiyati joriy etiladi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. 12 sentyabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga murojaat qilishda elektron raqamli imzo (ERI)dan majburiy foydalanish talabi joriy etilmoqda. Bu haqda portalda xabar qilindi.

Bolalar bogʻchasida. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ERIga ega boʻlgan oʻzbekistonliklar onlayn tarzda bolani bogʻchaga joylashlari mumkin
Jismoniy shaxslarning ERI olish jarayonini soddalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining «Elektron raqamli imzoni olish uchun ariza yuborish» yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Jismoniy shaxslar arizani yuborganidan va ERI uchun toʻlovni amalga oshirganidan boshlab 5 kun ichida arizaning koʻrib chiqilganligi boʻyicha xabarnomani qabul qilib oladi. Ijobiy natija olinganida, jismoniy shaxslar pasportining asl nusxasi va USB flesh-kartasi bilan yaqin oradagi tuman lavlat soliq inspektsiyasiga soat 9:00 dan 18:00 gacha dushanbadan jumagacha ERI sertifikati va kalitini olib ketish uchun tashrif buyurishlari lozim.

ERI kalitini olish uchun toʻlov (CLICK va U-PAY tizimlari orqali ham qabul qilinadi) ariza taqdim etilgandan uch kun davomida amalga oshirilishi shart. Toʻlov miqdori u amalga oshiriladigan kunga muvofiq eng kam ish haqining 10 foizini tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala