Dunyoda

Qirgʻizistonda SHHT antiterror mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishQirgʻizistonda SHHT oʻquv-mashgʻulotlari
Qirgʻizistonda SHHT oʻquv-mashgʻulotlari - Sputnik Oʻzbekiston
“Tinchlik maqsadida 2016” nomli ushbu mashgʻulotlar SHHT Birlashgan qoʻshnlarining togʻ sharoitlarida jangovar tajribasini oshirishga qaratilgan.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. SHHT Birlashgan qoʻshlarining “Tinchlik maqsadida 2016” nomli antiterror oʻquv-mashgʻulotlari 15 sentyabrda Qirgʻiziston hududida boshlanadi. Unda Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya Federatsiyalari harbiy boʻlinmalari ishtirok etadi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Bosh shtabi.

“2016 yilning 15-21 sentyabr kunlari 20636 raqamli harbiy qism hududida SHHTga aʼzo mamlakatlar ishtirokida “SHHT mamlakatlar harbiy kuchlari ishtirokida birlashgan antiterror operatsiyasi tayorlash va oʻtkazish” mavzusida shtab-qoʻmondonlik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi”, — dedi Bosh shtab vakili.

Oʻquv mashgʻulotlari vaqtida SHHT Birlashgan harbiy kuchlari besh mamlakat harbiy qoʻshnlari birgalikda antiterror operatsiyalari oʻtkazish, boshqaruv organlarini, harbiy kuchlarini va terrorchilik, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash kuchlarini takomillashtirish masalalari bilan shugʻullanishadi.

Manyovrlar vaqtida SHHT Birlashgan qoʻshnlari togʻ sharoitlarida birgalikda tayorgarlik koʻrishadi, deyishda Qirgʻiziston Bosh shtabida.

Shanxay hamkorligi tashkiloti – doimiy amal qiladigan hududiy xalqaro tashkilot boʻlib u 2001 yilda, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil qilingan. Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Mongoliya va Pokiston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Belorussiya, Turkiya va Shri-Lanka — dialog boʻyicha hamkor maqomida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala