Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti saylovlari 4 dekabrda boʻlib oʻtadi

© TSIK UzbekistanaOʻzbekiston saylov komissiyasi aʼzolari
Oʻzbekiston saylov komissiyasi aʼzolari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi qaroriga muvofiq, 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilandi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. 2016 yilning 9 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi matbuot-xizmati.

Oliy Majlis binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uch oy mobaynida boʻlib oʻtadi
"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi Qonunning 8-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida"gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9 sentyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilingan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boʻyicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala