O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish 30-sentabrdan boshlanadi

© AFP PHOTO / MAXIM MARMURO‘zbekistonda prezident saylovi
O‘zbekistonda prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 sentabrdan 20-oktabrga qadar saylov qonunchiligiga asosan nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti sayloviga nomzodlarni ko‘rsatish 30-sentabrda boshlanadi va 20-oktabrda nihoyasiga yetadi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov jurnalistlarga.

Ilgariroq Abdusalomov O‘zbekiston prezidenti saylovi 4-dekabrda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston saylov komissiyasi a’zolari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi

"30 sentabrdan 20-oktabrga qadar saylov qonunchiligiga asosan nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tadi", — dedi Abdusalomov.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0