Analitika

Ekspert: Mirziyoyev saylovgacha jamoani yangilashi mumkin

© Sputnik / Yuriy Somov / Fotobankka oʻtishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 8 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlisning har ikki palatalari majlisida prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Hokimiyat tepasiga kim kelmasin, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik va xavfsizlik muhim va odamlar aynan mana shu omil uchun ovoz berishadi, deydi Sputnik muxbiriga anonimlik sharti bilan suhbatlashgan oʻzbek eksperti.

Uning fikricha, Oʻzbekiston yetakchisi lavozimini egallashi mumkin boʻlgan barcha nomzodlar orasida Shavkat Mirziyoyev siyosiy salobat borasida ushbu oʻringa mos asosiy shaxs hisoblanadi.

Hukumat boshqaruvida uzoq yillar davomida faoliyat koʻrsatayotgan Shavkat Miromonovich mamlakat davlatchiligini mustahkamlash va uning taraqqiyoti uchun salmoqli hissa qoʻshdi. Uning bosh vazir sifatidagi faoliyati oʻz samarasini berdi va oʻtgan yillar davomida hukumat muhim masalalarni hal etish va mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini taʼminlash borasida toʻla-toʻkis ish olib bordi.

"Mirziyoyev xalqqa kerak boʻlgan narsani bera oladi, u Islom Karimov ishlarining davomchisi hisoblanadi. Yaqindagina oʻz yoʻlboshchilaridan ayrilgan odamlar hozir kalovlanib, hattoki xavotirga tushib qolgan deyish mumkin. Uzoq yillar davomida barcha tinch va barqaror davlatda istiqomat qilib keldi. Sobiq ittifoq parchalanib ketganidan keyin aksariyat respublikalarda yuzaga kelgan tartibsizlik va boshboshdoqliklar aynan Karimov sababli Oʻzbekistonni chetlab oʻtdi. Bizda turli rangli inqiloblar yuz bermadi, islom radikallari va millatlararo adovat urugʻini sochishga uringan turli kuchlarga qarshi munosib tura oldik", — deydi siyosatchi.

Senat binosi. - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Islom Karimov boshlab bergan yoʻldan borishini taʼkidladi
  

Suhbatdoshning fikricha, xalqning sevimli prezidenti vafotidan soʻng yanada qadrli merosni tashlab ketdi. Oʻtgan yillar davomida xalq xotirjamlikda yashadi, oʻz ishi bilan shugʻullandi va Karimov davrida erishganlaridan voz kechishni hech kim istamaydi. 

Ekspertning aytishicha, Mirziyoyev Islom Karimov taʼminlagan tinchlikni saqlab qolish qudratiga ega. Hozirda u davlatning tashqi siyosatini yurgizish borasida tajriba oshirishi zarur. Mamlakatning ichki boshqaruvi yuzasidan esa uning tajribasi yetarli. U aʼlo darajadagi boshqaruvchi va hech kimning davlatni orqaga tortishiga yoʻl qoʻymaydi.

"Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganidan keyin mamlakatda Vazirlar Mahkamasi tarkibi va davlatning yuqori lavozimlarini egallab turgan mansabdorlar yangilanadi. Bu holat ayni kunlardayoq yuz berishi mumkin, zero bosh vazir Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Tabiiyki, uning atrofida ishonchli odamlar boʻlishi lozim", — deydi ekspert.

Bosh vazirni mamlakatdagi ichki siyosiy doiralar ham, kuch tuzilmalari ham qoʻllab-quvvatlaydi. Hozirda Mirziyoyev uchun omma oldida: matbuotda, televideniyeda tez-tez koʻrinish, davlatning muhim va eʼtiborli tadbirlari markazida boʻlish muhimdir. Bu nuqtai nazardan Mirziyoyevning Bishkekdagi boʻlajak sammitda ishtirok etishi oqilona va muhim qaror boʻladi. Mana shuning oʻziyoq Islom Karimovning izdoshi kim boʻlishini aniqlab beradi.

Ekspertning fikricha, Mirziyoyevning nomzodini u yaqin munosabatda boʻlgan Kremldagilar ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Vladimir Putinning Oʻzbekistonga shaxsiy tashrifi chogʻida Rossiya davlat rahbari tomonidan shunday fikr bildirildi. Bundan tashqari Rossiya prezidenti Oʻzbekiston bosh vaziriga oʻzbek xalqini, Oʻzbekiston rahbariyatini qoʻllab-quvvatlashi va bu borada Rossiyaga eng ishonchli doʻstga ishongandek ishonish mumkinligini taʼkidladi. Ikki davlat yetakchilari oʻzaro mustahkam aloqalarni bundan buyon ham davom ettirishga kelishib olishdi.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qoʻshma majlisi 8 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.

Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlandi

Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yoʻldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala