Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ingliz tilidagi insholar tanlovi o‘tkazilmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “My First President” mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilindi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Tanlov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan, deb xabar qilgan darakchi.uz.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi sobiq elchisi - Sputnik O‘zbekiston
Nosir Yakubov: Karimovning bo‘lg‘usi prezident ekani xayolimizga ham kelmagan
Inshoda mamlakat hayotida yuqori o‘rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste’dod uchun kerakli bo‘lgan da’vatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘lidagi ibratli jihatlar aks ettirilishi mumkin.

Insholar tajribali hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, "O‘zbekistonda xorijiy tillar" (www.fledu.uz) internet portalining maxsus ruknida e’lon qilinadi.

Eng yaxshi deb topilgan insholar nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi.

Insholar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Mazmunan boy, fikrlar izchilligi;

Imlo xatolarisiz;

Original, kreativ yondashuv;

Insho yozish talablari asosida

A4 formatida1 varaqdan kam bo‘lmasligi.

Insholar tanlovining aynan ingliz tilida o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, halqaro jamoatchilikka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan beqiyos shahs haqida yosh avlodning o‘y-fikrlarini Yetkazib berish, respublikaning birinchi prezidenti tomonidan 2012-yilning 10-dekabrida e’lon qilingan "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi №1875-son qarori asosida mamlakatimizda horijiy tillar yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarni yangi darajada namoyon etishdan iborat.

Insholarni topshirish muddati: 09.09.2016dan — 16.09.2016gacha

Ishlar, muallifning o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumot va telefon raqami quyidagi manzilga yuboriladi:

elektronjurnal@mail.ru pochta manzili yoki +998911632850 Telegram' manzili.

Yangiliklar lentasi
0