O‘zbekiston futzal jamoasi Panamaga yutqizdi

Obuna bo‘lish
Osiyo chempionatida kumush medal olgan O‘zbekiston jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Panama jamoalari o‘rin olgan ushbu guruhda reyting bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda joylashdi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston futzal jamoasi Jahon chempionati doirasida o‘tkazilayotgan birinch o‘yinini Panamaga 1:3 hisobida yutqizdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Match Toshkent vaqti bilan tong soat 4da boshlandi. Shuning uchun uni kamdan kam muxlis tomosha qila oldik desak adashmaymiz.

O‘zbekiston jamoasi guruhida juda kuchli raqiblar o‘rin olgan. Osiyo chempionatida kumush medal olgan O‘zbekiston jamoasi ushbu guruhda reyting bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda joylashdi.

Guruhdan o‘rin olgan Portugaliya jamoasi jahon reytingida 7 o‘rinni egallagan. Kolumbiya esa to‘qqizinchi o‘rinda. Ekspertlar fikriga ko‘ra ushbu ikki jamoa guruhda birinichi va ikkinchi o‘rinlarni egallab keyingi bosqichga chiqishi kerak. Panama – jahon reytingi bo‘yicha 22 o‘rinni, O‘zbekiston 28 o‘rinni egallagan.

O‘yinni shiddatli hujumlar bilan boshlagan O‘zbekiston jamoasi birinchi 20 daqiqa davomida gol urishga muvaffaq bo‘lmadi. Dilshod Irsaliyev va Ilxom Hamrayevlar gol urishga bir bahya qolgan bo‘lsada, raqib darvozaboni ham o‘zining bor hunarini ko‘rsatdi, gol urishning iloji bo‘lmadi.   

Birinchi taym yakunida panamaliklar chiroyli hujum uyushtirdi. Kastrellon O‘zbekiston jamoasinining bir necha o‘yinchilarini ortda qoldirib O‘zbekiston darvozasiga gol urdi 1:0.  

Ikkinchi taymda O‘zbekiston jamoasi uyushtirgan hujum ham natija bermadi. 30 daqiqada De Lion va 36 daqiqada Mena O‘zbekiston darvozasiga yana ikkita gol urishdi. O‘zbekiston jamoasining ruhi tushib ketishiga qramasdan, Javlon Anorov o‘yin tugashiga bir daqiqa qolganda raqib darvozasiga javob goli urishga muvaffaq bo‘ldi.

Aytmoqchi Javlonning goli, O‘zbekiston jamoasining mundialda urilgan birinchi gol bo‘ldi.

Oldinda O‘zbekiston jamoasi uchun yanada murakkab raqiblar turibda. 13-sentabr kuni Kolumbiya va 16-Sentabrda esa Portugaliya jamoalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0