Jamiyat

Toshkentda chekuvchilarga jarima solinmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishChekayotgan kishi
Chekayotgan kishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamoat joylarida tamaki mahsulotlari isteʼmol qilganlik uchun jarima qoʻllash oʻtgan yilning 30 dekabridan kuchga kirgandi, biroq uning amaliyotda birinchi bor qoʻllanilayotganligi kashandalar uchun kutilmagan holat boʻldi.

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima solinmoqda. Bunday jarima jazosi Maʼmuriy javobgarlik kodeksiga oʻtgan yilning oxirida kiritilgan, biroq amaliyotda endi qoʻllanilmoqda, deb xabar beradi Nuz.uz.

Nashrning xabar berishicha, Toshkentning Mirobod tumanida tamakiga qarshi keng miqyosdagi reyd oʻtkazilgan. Jamoat joylarida tamaki chekayotgan bir necha shaxs huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan jarimaga tortilgan.

Shahar koʻchasida sigaret chekayotgan erkak. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jamoat joylarida sigaret chekish taʼqiqlandi

Kashandalarning oʻzlari yangi qonun haqida bilsalar ham bunday keskin choralarni kutishmagan.

Jamoat joylarida tamaki mahsulotlari isteʼmol qilganlik uchun jarima qoʻllash oʻtgan yilning 30 dekabridan kuchga kirgandi. Unga koʻra ish joylari, sogʻliqni saqlash, taʼlim va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, yongʻin xavfi boʻlgan joylar, jumladan, avtomobilga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va boshqa jamoatchilik joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi hajmidagi jarima bilan jazolanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala