Madaniyat

Toshkentda gʻaroyib rasmlar koʻrgazmasi ochildi

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Fotobankka oʻtishMoskvadagi 3D-rasmlar festivali
Moskvadagi 3D-rasmlar festivali - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻrgazma doimiy ravishda, dam olish kunlarisiz ishlaydi va undagi rasmlar soni koʻpayib boradi.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Toshkentda ilk 3D rasmlar koʻrgazmasi ochildi. Tashrif buyuruvchilar rasmlarni nafaqat tomosha qilishlari, balki bevosita ularning qahramonlariga aylanishlari mumkin, deb xabar beradi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Rossiyalik dizaynerlar tomonidan yaratilgan bu rasmlar nafaqat devordan, balki koʻrgazma zali polidan ham oʻrin olgan boʻlib, maxsus 3D effektini hosil qiladi.

"Rasmlar ustida yurish, oʻtirish va hatto yotish ham mumkin. Tashrif buyuruvchilar xuddi shunday qilishmoqda",- deydi koʻrgazma tashkilotchisi Dmitriy Kim.

Uning aytishicha, bunday koʻrgazma tashkil etish gʻoyasi unga Tailanddagi ana shunday koʻrgazmada boʻlganidan keyin kelgan.

"Toshkent uchun bu albatta yangilik va biz bu fotokoʻrgazmaga koʻplab odamlar kelishiga ishongandik. Koʻrgazmani mamlakatning boshqa viloyatlarida ham tashkil qilishimiz mumkin",- deb qoʻshib qoʻydi Kim.

Koʻrgazma doimiy ravishda, dam olish kunlarisiz ishlaydi va undagi hozirda 30tani tashkil etuvchi rasmlar soni koʻpayib boradi.

Surat bilan uygʻunlik tasavvurini uygʻotish uchun tashrif buyuruvchi 3D rasm oldida toʻgʻri joyni tanlay olishi kerak. Ana shunda u rasmning ajralmas qahramoniga aylanadi.

Antiqa koʻrgazmada qoidalar ham antiqa. Zalga kirishdan oldin tashrif buyuruvchilar oyoq kiyimlarini yechishlari lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala