Doneskda o‘smirlardan tuzilgan qo‘poruvchi guruh ushlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDonbass xalq respublikasi harbiy kuchlari
Donbass xalq respublikasi harbiy kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muassasa ma’lumotiga ko‘ra, Doneskda yashovchi o‘smirlarni Ukraina maxsus xizmati xodimi yollagan.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik.  Donesk Xalq respublikasida balog‘atga yetmagan yoshlardan tuzilgan qo‘poruvchi guruh qo‘lga olindi, DXR Davlat xavfsizlik vazirligi xabariga asosan.

“Bir guruh o‘smirlardan tuzilgan qo‘poruvchi guruh tomonidan 2015-yilning may oyidan 2016-yilning iyuniga qadar fuqaro avtomobillari, harbiy aloqa avtomobili, Yasinovat tuman IIB xizmati avtomobili hamda harbiy inshootlar portlatilgan”, — deyilgan DXV xabarida.  

Muassasa ma’lumotiga ko‘ra, Doneskda yashovchi o‘smirlarni, chaqiruv nomi “Almaz” bo‘lgan, Ukraina maxsus xizmati xodimi yollagan.

Tekshiruvlar ishlari davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0