Infografika

Qurbon hayit

Bu yil Oʻzbekistonda Qurbon hayit 12 sentyabr kuni nishonlanmoqda. Qurbon hayit kuni dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulugʻ bayrami hisoblanadi. Islom manbaalarida aytilishiga qaraganda ushbu kun Ibrohim paygʻambar Ollohga qurbonlik keltirgan kuni sharafiga bayram qilinadi. 

Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz oʻqishadi. Namozdan soʻng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qoʻshnilarga, kambagʻal va nochorlarga tarqatiladi.

Qurbonlikka atalgan hayvon maʼlum bir qoidalarga muvofiq tanlab olinadi. Kasallangan, oriq yoki qoʻrinishida kamchilliklari bor hayvon qurbonlik qilishga yaramaydi. Qurbonlikni soʻyish ham maʼlum qonun qoidalarga binoan amalga oshirilishi kerak. 

Ushbu urf-odatlar va Qurbon Hayit bayrami haqida infografikamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala