Siyosatshunos: o‘zbek-tojik muammosi kamida 10-yilda hal bo‘ladi

© Institut stran SNG. Andrey Grozin
Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Andrey Grozin Mirziyoyevning hokimiyat tepasiga kelishi ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan muammolar yechimini tezlashtirmaydi, deb hisoblaydi.

 

TOShKENT, 12 sen — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rossiyalik siyosatshunos, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Andrey Grozin O‘zbekistonda yangi prezident saylanishi Toshkent va Dushanbe orasidagi munosabatlarda tub o‘zgarishlarga olib kelmaydi degan fikrda, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston.

SSSR tarqalib ketganidan so‘ng ikki qo‘shni davlat o‘rtasida murakkab munosabatlar yuzaga keldi. 1992-yildan buyon Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida havo qatnovi amalga oshirilmaydi. 2001-yilda esa ikki davlat o‘zaro viza tartibini joriy qilgan. Bundan tashqari Toshkent butun hududga xavf solishi mumkinligini bildirib Tojikistondagi Rog‘un GESi qurilishiga qarshi chiqmoqda.

Ekspertning fikricha, "tojik-o‘zbek muammoasi" kamida o‘n yilda hal bo‘ladi va buning uchun har ikki tomon murosaga kelishni istashi lozimligini ta’kidladi: "Tango raqsi uchun ikki kishi kerak bo‘ladi. Bu yerda birinchi navbatda O‘zbekistonning pozitsiyasini hisobga olish lozim".

"Muammolar yechimi uchun ular chuqurlashib borgan o‘tgan davrchalik vaqt kerak bo‘ladi. Vaziyatning ijobiy rivojlanishi va barcha muzokarachi tomonlarning istaklari mos kelsa bu muammo taxminan o‘n yildan so‘ng barham topadi", — deydi Andrey Grozin.

Ayrim ekspertlar Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan joyi haqidagi qarama-qarshi ma’lumotlarga tayanib bahsli masalalar tez orada hal bo‘lishini bashorat qilishgandi. Biroq rasmiy ma’lumotga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

KXShT malakatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni KXShTga boshlamaydi

"O‘zbeklar orasida u yoki bu rahbarning kelib chiqishi sof o‘zbek emasligi haqida mish-mishlar yuradi. Bu narsa Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga ham xos", — deydi siyosatshunos.

Grozinning aytishicha, Markaziy Osiyo hududida "Siyosiy yetakchining sof qirg‘iz emasligi, yoxud sof tojik emas va yoki sof o‘zbek emasligi” haqidagi bunday mish-mishlar barcha rahbarlar to‘g‘risida tarqalgan.

"Bu ommaviy adashishdir. Bu holat o‘n yil ilgari ham va sovet davrida ham bor edi. Kimning qayerda tug‘ilgani, qanday elatga mansubligi u yoki bu davlatning umumiy siyosiy yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Hattoki mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqqanida ham bu omil davlatlararo munosabatlar darajasida aks etmaydi", — deydi ekspert.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisi 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.

Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0