Siyosat

OAV: AQSH Karimov vafotidan soʻng Rossiya Oʻzbekistonda oʻz taʼsirini kuchaytirishidan qoʻrqyapti

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti V. Putinning Oʻzbekistonga tashrifi
Rossiya prezidenti V. Putinning Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganidan soʻng Amerika OAVlarida "Endi Oʻzbekistonning holi ne kechadi?" degan savol bot-bot koʻzga tashlanmoqda. AQSH hammadan ham koʻra, Rossiya Oʻzbekistonga oʻz taʼsirini kuchaytirishidan xavotirlanmoqda.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. AQSH matbuotida har doim Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya muammolari haqida gapiravermaslik lozim, degan fikr ilgari surilgan. Sputnik Tojikiston xabariga koʻra, "Oʻzbekistonda roʻy berayotgan hodisalarga eʼtibor qaratmoq kerak, nega deganda, yangi rahbar tayinlangan mamlakatning tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlar tez orada Moskva tomonga qarab burilishi mumkin", deb yozgan amerikaning U.S.News nashri.

KXSHT malakatlari bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
OAV: Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni KXSHTga boshlamaydi
Xabarda buning boisi bir nechta sabablarga borib taqalishi yozilgan. Eng birinchi sabab sifatida —  mamlakat hukumatida roʻy berishi mumkin boʻlgan tartibsizliklar koʻrsatilgan. "Islom Karimov vafotidan soʻng katta tabiiy boyliklarga ega mamlakatdagi tinchlikka putur yetishi mumkin", deb yozgan Amerika nashri.

"Agar shunday boʻlsa, Oʻzbekiston turli terrorchilik uyushmalari uchun oson oʻljaga aylanadi", — deya qoʻshimcha qiladi nashr. Amerika OAVlariga koʻra, jumladan "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi anchadan buyon Oʻzbekistonni oʻzining eng asosiy marralaridan biri sifatida koʻz ostiga olib qoʻygan.

"Oʻzbekistonning biqinida notinch Afgʻoniston joy olgan. U yerda vaziyat kundan kunga yomonlashmoqda. Shu bois, butun Markaziy Osiyo alanga olishi mumkin", — degan fikr bildirilgan nashrda.

Maqola mualliflari hammadan ham koʻra, Oʻzbekiston hayotida bundan buyogʻiga Rossiya qanday rol oʻynashi mumkinligidan havotir olganlar. Ularning fikricha, agar rasmiy Vashington Oʻzbekistonda oʻz manfaatlarini tezroq belgilab olmasa, Rossiya tez kunda u yerda oʻz taʼsirini kuchaytirishga oʻtishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: Oʻzbek xalqi Rossiyani eng ishonchli doʻsti sifatida bilishi mumkin

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajarayotgan Shavkat Mirziyoyev mamlakat tashqi siyosatida Islom Karimov belgilagan yoʻldan borishini maʼlum qilgan edi.

Muvaqqat prezident Oʻzbekiston hech qachon bironta harbiy bloklarga, shu jumladan, KXSHTga aʼzo boʻlmasligini aytgan va respublika iqtisodiy ittifoq boʻlgani uchun — SHHT tarkibida qolishini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala