Buxorolik o‘quvchilar hokim stipendiyasini oldilar

© inclusive.uzMaktabda dars jarayoni
Maktabda dars jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z bilimi va namunali xulqi bilan yuqori natijalarga erishgan umumta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari ushbu stipendiya sohibiga aylanishlari mumkin.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi Muhiddin Esanov yigirma nafar umumta’lim maktabi o‘quvchilari va o‘rta-maxsus kasb ta’limi o‘quv muassasalarining o‘n uch nafar o‘quvchisiga viloyat hokimi stipendiati guvohnomalarini topshirdi, deb xabar beradi nuz.uz viloyat hokimligi matbuot xizmatiga asoslanib.

Viloyat hokimi stipendiyasi har yili joriy etiladi. O‘z bilimi va namunali xulqi bilan yuqori natijalarga erishgan umumta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari ushbu stipendiya sohibiga aylanishlari mumkin.

Shuni qayd etish joizki, buxorolik o‘quvchilar o‘zlarini xalqaro miqyosda ham ko‘rsata olishmoqda. Tailand qirolligida bo‘lib o‘tgan matematika fani bo‘yicha dunyoning 30dan ortiq davlati ishtirok etgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoa tarkibida Peshku tumanidagi 18-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Norboyev va Qorako‘l tumanidagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Shahboz Husanovlar ham qatnashishdi va Shahboz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Stipendiatlarni taqdirlash marosimida viloyat hokimi barcha xalqaro fan olimpiadalari qatnashchilariga minnatdorlik bildirdi va mamlakat erishayotgan muvaffaqiyatlar qatorida yoshlarning bilim borasidagi yutuqlari ham quvonarli ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0