Dunyoda

Google Xillarini "yoqimtoy" qilishga uringan

Google qidiruv tizimi Xillari Klinton saylov kampaniyasiga yordam berish uchun qanday muttahamlik qilayotgani haqida Garvard universiteti professori, psixolog Robert Epstayn Sputnik muxbiriga soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik, Dmitriy Kosыrev. AQShda demokratlar va respublikachilar partiyalari nomzodlari orasida prezident kursisi uchun raqobat ayni avjigan chiqqan bir vaqtda Xillari Klinton Gugl yordamida qanday muttahamlik qilayotgani maʼlum boʻldi, deb yozadi Sputnik.

Mett Liberman ismli fuqaro qidiruv tizimiga “Xillari Klinton” soʻzi bilan soʻrov kiritganda Gugl unga allaqanday gʻalati, Klintonni maqtovchi javoblar berayotganinini payqab qolgan va bu haqida youtubeda videomurojaat joylashtirgan.

Klinton va Tramp orasida shiddatli saylov kampaniyasi ketayotgan vaqtda, bu shunchaki tasodif boʻlishi mumkin emas, albatta. Liberman oʻz videosida demokratlar partiyasining Klintonlar oilasi va Pentagon bilan uzoq vaqt davom etayotgan doʻstligi saba boʻlishi mumkin deyilgan.

Koʻpchilik Guglning “gap oʻrgatuvchi” funktsiyasini yaxshi biladi. Ushbu funktsiya tez-tez qidirilayotgan jumla va iboralarini eslab qolib, yangi kiritilayotgan soʻrovlarga eng ommaviy boʻlgan jumlalarni avtomatik ravishda taklif qiladi. Odatda, bu juda qulay boʻlib u foydalanuvchining vaqtini tejashga xizmat qiladi.

Misol uchun, siz Gugl qidiruv tizimiga “Uzbekistan” deb yoza boshlasangiz Uzbekistan airways, O’zbekiston yangiliklari, “Uzbekistan Rio 2016” kabi jumlalarni taklif qiladi.

Bugungi kunda barcha qidiruv tizimlari shunday xususiyatga ega. Lekin “Xillari Klinton” iborasini izlamoqchi boʻlgan AQShlik foydalanuvchilar gʻalati tasodiflarga duch kelgan. “Xillari…” deb yoza boshlagan kishiga “Xillari Klinton prezident”, “Xillari Klinton saylovlarda gʻolib chiqdi”, “Xillari Klinton bizning yoqimtoyimiz” degan iboralar taklif qilingan.

© Foto : Bing, Yahoo, Google"Xillari Klinton..."
Xillari Klinton... - Sputnik Oʻzbekiston
"Xillari Klinton..."

Mutaxassislar buni Gugl tomonidan amalga oshirilgan jiddiy muttahamlik deyishmoqda. Chunki shunday yoʻl bilan Gugl foydalanuvchilar fikrini boshqarishga uringan. Xususan, Xillari haqida yomon gaplardan uzoqqa olib ketib, faqat ijobiy maʼlumotlarni foydalanuvchi “burni ostiga" tiqishtirgan.

AQShda ommaviy boʻlgan Bing yoki Yahoo qidiruv tizimlarida bunday "tasojiflar" aniqlanmagan.

Bundan xulosa faqat bitta boʻlishi mumkin – Gugl korporatsiyasida kimdir Xillariga yordam bermoqda. Buning uchun alohida maxsus dastur tuzilgan, deydi Garvard universiteti professori  Robert Epstayn.

Shu oʻrinda, Xillarining raqibi boʻlgan Donald Tramp haqida maʼlumot qidirilganda Gugl “Trump dump” (axmoq), “Trump dead” (oʻlgan) kabi iboralarni foydalanuvchiga taklif qilingan.

© Foto : Google“Donald Tramp...“
“Donald Tramp...“ - Sputnik Oʻzbekiston
“Donald Tramp...“

Ushbu mojaro 2016 yilning bahorida aniqlangan boʻlishiga qaramasdan Google korporatsiyasi buni tan olmagan.

Shundan keyin, professor Epstayn boshchiligidagi guruh xufiya tekshiruv ishlarini boshlangan. Firibgarlarni qoʻli bilan ushlash uchun ular turli shtatlarda joylashgan turli kompyuterlardan Gugl qidiruv tizimiga kerakli iborani kiritib komyuter ekranini suratga tushirishgan (skrinshot). Natijada, muttahamlik bundan ham besh battar avj olgani aniqlangan.

Hozirgi zamonda, har bir fuqaro oʻzi doimiy foydalanib kelayotgan qidiruv tizimining “asiriga” aylangan.  Qidiruv tizimi foydalanuvchi berayotgan soʻrovlar asosida uning portretini tuzadi va kelajakda oʻzining “gap oʻrgatuvchi” funktsiyasini shunga moslaydi. Undan tashqari tuzilgan portretga qarab sizga qiziq boʻlgan, yoki Gugl sizga yetkizmoqchi boʻlgan turli maʼlumotlar, reklama, biror mavzudagi yangiliklarni “gap oʻrgatuvchi”  funktsiyasi orqali foydalanuvchi “burni ostiga” suqiladi.   

Professor Epstayn psixolog sifatida bunday “gap oʻrgatuvchi” millionlab saylovchilar fikriga taʼsir qilishi mumkin deydi.  Eslatib oʻtamiz, Gugldan dunyoning 90% internet foydalanuvchilar foydalanadi.   

Professor va uning hamkasabalari aniqlagan maʼlumotga koʻra, qidiruv tizimlari “gap oʻrgatuvchi” funktsiyasi yordamida foydalanuvchilarni “boʻyniga ip solingan itdek” yetaklab yurishi mumkin. Buni “Qidiruv tizimlarining manipulyatsiya xususiyati” (SEME) deyiladi. U shunday yasalganki, “Gap oʻrgatuvchi” funktsiyasini oʻchirib qoʻyishning ham iloji yoʻq. Oldin bu oddiy vaqtni tejovchi yordamchi boʻlgan boʻlsa, hozir “gap oʻrgatuvchi”ning asosiy vazifasi – manipulyatsiya qilish, yaʼni odamlar ongi va xulqini boshqarishdir.

Bugungi kunda bu nafaqat AQSH sayloviga taaluqli. Dunyodagi 90% internet foydalanuvchilar foydalanishini hisobga olganda, Gugl  SEME orqali 25% saylovchilar fikriga taʼsir oʻtkazishi mumkin. Ushbu foiz yil sayin oshib bormoqda.

Eng qizigʻi, Googleni buning uchun javobgarlikka tortishni ham iloji yoʻq, chunki bunday jinoyatlar uchun jazo hali qonunda yozilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala