Jamiyat

Toʻrt kilo quyma oltinni Oʻzbekistondan olib chiqmoqchi boʻlgan afgʻonistonlik qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Fotobankka oʻtishQuyma oltin
Quyma oltin - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Yaqinda "Ayritom" chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afgʻonistonlik fuqaroning qingʻir qilmishlari fosh qilindi, xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.

Respublikamiz hududi orqali xorijga yoʻl olgan ushbu shaxs tomonidan toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidagi maʼlumotlar asosida M. Salim(ismi sharifi oʻzgartirilgan)ga tegishli bagaj va qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, yuklar orasida deklaratsiyada koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg ogʻirlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda koʻrsatilmagan 494,5 mln soʻmdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 5 avgustda 2606-son bilan roʻyxatga olingan "Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib oʻtish paytida jismoniy shaxslar tomonidan toʻldiriladigan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining 5-bandida har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq koʻrsatilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala