Dunyoda

MDH sammitida diqqat Oʻzbekistonga qaratilgan boʻladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishMDH rahbarlari uchrashuvi
MDH rahbarlari uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Belorussiya rahbarlari MDH sammitida qatnashishni tasdiqlashdi. Oʻzbekiston ham ushbu sammitga kelishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Beshkekda 16 sentyabrda boʻlib oʻtilishi kutilayotgan MDH rahbarlarining 25 sammiti tarixiy yoʻnalishda boʻladi, deb hisoblaydi siyosatshunos Kubanыchbek Taabaldiyev.

Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Belorussiya rahbarlari MDH rahbarlari sammitida qatnashishni tasdiqlashdi. Oʻzbekiston rahbariyati ham ushbu uchrashuvga kelishi kutilmoqda. Moldovadan bosh vazir, Ukrainadan – mamlakat elchisi, Turkmanistondan Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari qatnashishi kutilmoqda.

Taabaldiyev Sputnik Kыrgыzstanga aytishiga qaraganda, ushbu uchrashuv MDH hayotida sobiq Ittifoq oʻynayotgan ulkan ahamiyat dalili boʻladi.

“Albatta yubiley keng nishonlanmaydi, lekin bundan uning ahamiyati kamayib qolmaydi. Undan tashqari, respublikalar orasidagi munosobatlar Hamdoʻstlik sharafi bilan yanada jipslashgan ittifoqlarga aylandi”, — dedi Taabaldiyev.

Oxirgi bir necha kun ichida boʻlib oʻtgan voqealarni nazarda tutgan holda, uchrashuvda hammaning diqqati Oʻzbekistonga qaratilgan boʻladi, deydi siyosatshunos.

“Hududda yetakchi boʻlgan mamalkatlardan biri, Gʻarb, Xitoy va Rossiya taʼsir doirasida ekanligi hammaga maʼlum. Kreml qoʻyayotgan qadamlarga qaraganda, sammitda Oʻzbekistonni MDH doirasida yanada yaqinroq munosabatlarga jalb qilishga, balkim YEOIIga yoki KXSHTga chorlashga urinib koʻriladi”, — deydi Kubanыchbek Taabaldiyev.

Uning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda siyosiy rahbar aniqlanish jarayonida boʻlgani tufayli, sammitda qatnashishi haligacha aniq emas.

“Ukraina nomidan prezident emas elchi qatnashayotgani tufayli, munosabatlar yaxshilanishiga umid qilib boʻlmaydi. Nima boʻlganda ham, Hamdoʻstlik faoliyati davom etmoqda va Yevroosiyo hududidagi siyosat shakllanishida muhim rol oʻynab, davlatlar orasida yanada kuchliroq aloqalar oʻrnatilishiga asos boʻlmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala