Rustam Azimov: Shavkat Mirziyoyev — Islom Karimovning siyosiy farzandi

© Sputnik / Aleksey DanichevO‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov
O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 8-sentabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida o‘ta muhim qaror qabul qildi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston respublikasi prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash masalasi ko‘rib chiqilgan qo‘shma majlisida O‘zbekiston respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlandi
"Hurmatli rais!

Hurmatli Senat a’zolari!

Hurmatli deputatlar!

Bugun og‘ir kunlarda turibmiz. Kuni kecha biz muhtaram Yurtboshimizdan judo bo‘ldik va bu butun xalqimizga juda katta og‘ir musibat keltirdi. Albatta, Islom Abdug‘aniyevich to‘g‘risida ko‘p gapirildi va ko‘p gapiramiz ham. Bu inson O‘zbekistonni eng og‘ir davrida boshqarib, O‘zbekistonni xonavayron bo‘lgan respublikadan rivojlangan, tinch-totuv, barqaror, xalqi baxtli hayot kechiradigan davlatga aylantirdilar.

Lekin, afsuski, bugun Islom Abdug‘aniyevich bizni tark etdilar. Hozir butun xalqimiz — qayg‘udagi 32 million xalqimiz katta savol berayapti: "Nima bo‘ladi ertaga? Davlatimiz qayerga boradi? Muhtaram Prezidentimiz yaratgan zaminda davomati qanaqa bo‘ladi?", — degan savollarga shu kunlarda, shu xalqda, avvalambor, Sizlar — senatorlar, deputatlar, hukumat a’zolari bu savolga biz javob topishimiz kerak va shu nuqtayi nazardan qaraganda men Senatimiz raisi Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshevning hamda Senat kengashining taklifini (qo‘llab-quvvatlayman).

Men o‘ylaymanki, (bu tanlov) bizning davlatchiligimizning rivojlanishi eng yuqori pog‘onaga chiqishining dalolati bo‘ladi. Chunki ular nafaqat rasmiy nuqtayi nazardan, balki (bu ishning ahamiyati va mas’uliyatini) chuqur anglab, hozirgi og‘ir, tahlikali davrda 32 million xalqni o‘ylagan taqdirda shu taklif bilan chiqishdi. O‘ylaymanki, hammamiz shu takliflari uchun, avvalambor, Senat a’zolariga, Yo‘ldoshev Nig‘matilla akaga minnatdorchiligimizni bildirishimiz kerak.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning tayinlanishi – to‘g‘ri qaror
Hozir taklif bo‘ldiki, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning zimmalariga O‘zbekiston davlatining Prezidentlik vakolatlarini hamda vazifalarini yuklatish taklifi kiritildi. O‘ylaymanki, hozirgi davrda bu eng muhim va yakka-yu yagona to‘g‘ri taklif deb bo‘ladi. Shuni hozir mendan oldin so‘zga chiqqan odamlar, menimcha, to‘liq ravishda tasdiqlab berdilar.

Shavkat Miromonovichning ko‘p fazilatlari bor, ko‘p xislatlari bor. Lekin ulardan eng birinchisi nima deb so‘rasalaring, men o‘ylaymanki, birinchi fazilatlari — vatanni sevish fazilati.

Davlat rahbari har bitta masalani — buni bizga Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich o‘rgatganlar — tagiga yetib, aniq qaror berish juda muhim va shu nuqtayi nazardan Shavkat Miromonovichni, mana ko‘p odamlar so‘zga chiqdi, qishloq xo‘jaligi bo‘ladimi, fan bo‘ladimi, sanoat bo‘ladimi, ta’lim tizimi, tibbiyot tizimi, har bitta sohaning tagiga yetib, chuqur bilib, anglab, o‘zlarining yondashuvlarini belgilab, keyin qaror beradilar.

Uchinchisi bu — ishchanlik. Men hukumat a’zosi sifatida aytishim mumkin, kechasi soat ikkidayam telefon qiladilar topshiriqlar berib. Ertalab biz ishga kelganda, savollar bo‘ladi, ulab beringlar deb so‘raganimizda: "Yo‘q, — deydi, — soat oltidan ertalabdan buyon selektor o‘tkazayaptilar". Ikkida kechasi topshiriq, ertalab oltidan qishloq xo‘jaligi yoki boshqa masalalar bo‘yicha selektor o‘tkazadi. Bu bunaqangi ishchanlikni kamdan-kam, nafaqat bizning davlatimizda, dunyodayam ko‘rish mumkin emas.

Oliy Majlis vakili: o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli

Shavkat Miromonovich birinchi galda oddiy odamlarning manfaatlarini o‘ylaydilar. Oddiy odamlarning manfaati qay darajada bajarilayapti. Qog‘ozda emas, chiroyli shiorlarda emas, amalda. Aytmoqchimanki, Shavkat Miromonovich

Yurtboshimizning haqiqiy, sodiq shogirdi bo‘lganlar va bo‘lib qolyaptilar.

Shavkat Miromonovich Yurtboshimizning siyosiy farzandi deb aytsak, menimcha, to‘g‘ri bo‘ladi. Shavkat Miromonovich Yurtboshimizning siyosiy merosxo‘ri deb aytsak ham to‘g‘ri bo‘ladi. O‘shaning uchun men hukumat vakili sifatida, ijro hokimiyatining vakili sifatida hurmatli senatorlarni va deputatlarni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev zimmalariga O‘zbekiston respublikasi Prezidenti vazifasi va vakolatlarini yuklatishga da’vat qilaman hamda Sizlardan shu ish uchun ovoz berishga iltimos qilaman.
Rahmat!..".

Yangiliklar lentasi
0