Oʻzbekistonda dronlar roʻyxatdan oʻtkaziladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishUchuvchisiz uchar qurilma
Uchuvchisiz uchar qurilma - Sputnik Oʻzbekiston
Nizomda uchuvchisiz uchish qurilmalarining tasnifi va ularga qoʻyiladigan talablar batafsil berilgan.

TOSHKENT,14 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.

Uchuvchisiz uchar qurilma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yana dronlar mashmashasi - "uchuvchisiz" uchish xavfli!
Nizomga koʻra, fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalari sanoat korxonasida tayyorlangan, ishlab chiqaruvchi zavodning pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati)ga ega boʻlishi, maksimal uchish ogʻirligi 25 kilogrammdan oshmasligi lozim. Uchuvchisiz uchish qurilmasiga ega har bir shaxs Davlat aviatsiya nazorati tomonidan qurilmadan foydalanish uchun qurilma jihozlangan radioelektron vositalarni ishlatish imkonini beradigan ruxsatnoma olishi darkor.

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat aviatsiya nazorati qoʻmitasiga uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish soʻrab yozilgan ariza, qurilmaga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, ishlab chiqaruvchi zavodning pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati) nusxasi, uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan hujjat (yoʻriqnoma, texnik koʻrsatkichlar) nusxasi, arizachining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomasi taqdim etilishi lozim.

Aviatsiya nazorati ariza va hujjatlarni 10 ish kunidan oshmagan muddat ichida koʻrib chiqadi va uchuvchisiz uchish qurilmasining texnik holatini baholaydi. Hujjatlar koʻrib chiqilgach va uchuvchisiz uchish qurilmasining texnik holati tekshirilganidan soʻng qoʻmita uning foydalanilishiga ruxsat beradi va fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsatnoma berilgan qurilmalar roʻyxatiga kiritadi.

Roʻyxatga olingan har bir qurilma korpusiga beshta raqamdan iborat qayd etish raqami qoʻyiladi.

Xorijiy davlatlarning uchuvchisiz uchish qurilmalari Oʻzbekiston hududida faqatgina Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan uchishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala