TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Aktyor va prodyuser Stiven Sigal alohida xizmatlari uchun Rossiya fuqaroligini olishi mumkin, dedi advokat Ruslan Koblev RIA Novostiga.
"RF fuqaroligi haqida”gi qonunning 3-qismi 13-moddasida alohida xizmatlari uchun Rossiya fuqaroligini olish imkoniyati koʻzda tutilgan. Menimcha, Stiven Sigal ana shu moddaga mos tushadi", — dedi huquqshunos.
Uning fikricha, Rossiyada sport va madaniyatning rivojlanishi, sharq yakkakurashlarining ommalashishi, Rossiya nufuzining xalqaro miqyosda oshishiga Sigal ham munosib hissa qoʻshgan.
Saxalindagi “Dunyo boʻylab” xalqaro festivalida ishtirok etgan Stiven Sigal kelajakda Rossiya fuqarosi boʻlish istagida ekanligini bildirgandi.