So‘rovlarda Tramp Klintondan oldinga o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi

© REUTERS / Lucy NicholsonDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp ikkinchi kundirki so‘rovlarda yetakchilik qilmoqda. Buning ustiga nomzodlar orasidagi farq ham oshgan: 12-sentabr kungi so‘rovda oradagi farq 3%ni tashkil etgandi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp ommaboplik borasida raqobatchisi Xillari Klintondan 4,7 foizga o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Dornsife tadqiqot markazi va Los Angeles Times gazetasining 13-sentabr kungi so‘rovlari natijasiga ko‘ra so‘rovda ishtirok etganlarning deyarli 47%i Tramp uchun, 42% foizi esa Klinton uchun ovoz berishni ma’qul ko‘rishlari ma’lum bo‘ldi.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Milliarder Tramp Putin qanday qilib AQSh ustidan kulayotganini aytdi

Tramp ikkinchi kundirki so‘rovlarda yetakchilik qilmoqda. Buning ustiga nomzodlar orasidagi farq ham oshgan: 12-sentabr kungi so‘rovda oradagi farq 3%ni tashkil etgandi.

Los Angeles Times gazetasi Janubiy Kaliforniya universitetining Dornsife tadqiqot markazi bilan hamkorlikda har kuni so‘rov o‘tkazadi. Unda AQShning turli shtatlaridagi ovoz berish huquqiga ega 400dan ziyod aholisi ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0