O‘zbekiston Rossiyaga “yashil yo‘lak” yaratishni taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSavdo do‘koni
Savdo do‘koni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu fikrni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Azizov Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashuvi chog‘ida bildirdi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati yo‘nalishida kelishuv tuzib bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi “yashil yo‘lak” deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi, deb xabar qilinadi Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati tomonidan.

Ushbu fikrni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Azizov Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashuvi chog‘ida bildirdi.

Qishloq xo‘jalik vaziri joriy yilda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi hajmi ikki baravardan ham oshganini bildirdi. Biroq tomonlar "o‘zbek meva-sabzavotlarining Rossiya hududiga yetkazilishi hajmini oshirishga xalaqit berayotgan bir qator to‘siqlar mavjudligini" ham e’tirof etdilar.

"O‘zbekiston tomoni Bojxona xizmati va Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati yo‘nalishida kelishuv tuzib bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi “yashil yo‘lak” deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi", — deyiladi qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Tomonlar shuningdek barcha sohalardagi muammolarni hal qilishda o‘zaro faol hamkorlikka tayyorliklarini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0