Mirziyoyev topshirig‘iga binoan o‘zbek delegatsiyasi Bishkekdagi sammitda ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishMDH davlatlari assambleyasi binosi
MDH davlatlari assambleyasi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasining MDH sammitida ishtirokiga doir xabar O‘zbekiston TIV matbuot-xizmatida e’lon qilingan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 2016-yilning 16-sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi ishida ishtirok etadi, deyiladi xabarda.

MDH sammitida Abdulaziz Kamilov ishtirok etishi rasman ma’lum qilindi
Sal oldin OAVlarda Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida O‘zbekiston Respublikasi nomidan Shavkat Mirziyoyev emas, balki Respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirok etishi haqida xabar tarqalgan edi.

"O‘zbekiston nomidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tashrif buyuradi. Bugun biz Shavkat Mirziyoyevdan iliq so‘zlar bitilgan maktub oldik. Mirziyoyevning qatnasha olmasligi ikki tomonlama munosabatlarimiz sababli emas, balki O‘zbekistonning ma’lum ichki ishlari – saylovlar bilan bog‘liq", — deya fikr bildirgan edi bu borada Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov.

Yangiliklar lentasi
0