"Tinchlik missiyasi 2016"da 300 jangovar texnika qatnashmoqda

© Foto / press-slujba Genshtab VS KRShHT o‘quv-mashg‘ulotida 300dan ortiq harbiy texnika qatnashmoqda
ShHT o‘quv-mashg‘ulotida 300dan ortiq harbiy texnika qatnashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlarining 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari, 300dan ortiq jangovar texnikasi va 10 harbiy samolyotlari terrorchilikka qarshi birgalikda kurash o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Qirg‘iziston hududiga yetib keldi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugun, payshanba kuni Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l tumanidagi “Edelveys” tog‘li poligonida  “Tinchlik missiyasi 2016” ShHT antiterror shtab-qo‘mondonlik o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston, Bosh shtab matbuot xizmatiga asosan.

O‘quv-mashg‘ulotlarida 300 ga yaqin harbiy texnika va Qirg‘iiston, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston va Rossiyadan 2 ming askar va zobitlar qatnashmoqda.  

Payshanba kuni “Edelveys” tog‘ poligonida tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mashg‘ulotlarda qatnashuvchi mamlakatlar madhiyasi ostida mamalkat bayroqlari ko‘tarildi. Tantanali namoyish harbiylar marshi bilan yakunlandi.

O‘quv-mashg‘ulotlar davomida besh mamalakat vakillari, ekstremizm, separatizm va terrorchilikka qarshi kurash hamda antiterror operatsiyalar davomida  harbiy qo‘shnlarni birgalikda boshqarish masalalari ustida ishlashadi.

Yangiliklar lentasi
0