Putin 17-sentabr kuni Atambayev bilan uchrashib, unga bir qancha sovg‘alarni topshiradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin va Qirg‘iziston rahbari A. Atambayev
Rossiya prezidenti V. Putin va Qirg‘iziston rahbari A. Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 sentabr kuni Rossiya Prezidenti Qirg‘iziston rahbari bilan ikkiyoqlama uchrashuv o‘tkazib, Atambayevning 60-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-sentabr kuni MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka tashrif uyushtiradi. Ertasi kuni Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligiga Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov.

"O‘n yettinchi sentabr kuni ertalab Prezidentimiz Atambayev bilan uchrashadi. Shu kuni Atambayevning 60-yillik yubileyi munosabati bilan, ehtimol, tadbir o‘tkazilar", deb ta’kidladi Ushakov. Putinning Atambayevga hozirlab qo‘ygan sovg‘asiga to‘xtalar ekan, u shunday qo‘shimcha qildi: "Men u yerda bitta emas, bir nechta sovg‘alar bo‘lishini aytmoqchiman, ammo ulardan biri  — davlat tomonidan tortiq qilinadi".

Xabarda aytilishicha, ikkiyoqlama uchrashuvning asosiy mavzusi — iqtisodiy hamkorlik bo‘lib, shu jumladan, 12-avgustdan boshlab Qirg‘izistonning Yevroosiyo Ittifoqiga a’zoligi borasida ham muzokaralar olib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0