Kamilov Bishkekda Tojikiston va Qirg‘izistonlik hamkasblari bilan uchrashdi

© MID respubliki UzbekistanO‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazi Erlan Abdildayev
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri  Abdulaziz Kamilov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazi Erlan Abdildayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan suhbatlarda vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bishkekda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashganligi xabar qilinadi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi saytida.

"2016 yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ishida ishtirok etish doirasida Bishkek shahrida Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov hamda Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi”, deyiladi xabarda.

Abdulaziz Kamilovning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
MDH sammitidan oldin Kamilov Atambayev bilan uchrashdi

Bo‘lib o‘tgan suhbatlarda vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilingani hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashilganligi aytiladi xabarda.

Ilgariroq Kamilov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashganligi va O‘zbekiston tomoni mavjud bo‘lgan barcha masalalar borasida “o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an’analariga asosan ijobiy kayfiyat bilan” ishlashga tayyor ekanligi  xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0