Berdimuhammedov prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGurbanguli Berdimuhammedov
Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAV xabariga ko‘ra, turkman yetakchisi Turkmaniston vazirlar mahkamasi va davlat xavfsizlik kengashlarining qo‘shma majlisida hukumat oldiga mazkur vazifani qo‘ygan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov hukumatga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini berdi, deb xabar beradi RIA Novosti mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib.

OAV xabariga ko‘ra, davlat boshlig‘i Turkmaniston vazirlar mahkamasi va davlat xavfsizlik kengashlarining qo‘shma majlisida hukumat oldiga mazkur vazifani qo‘ygan.

Turkmaniston prezidenti saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Yangi qonun: Turkmanistonda endi yoshi 90 dan oshganlar ham prezident etib saylana oladi

"Ushbu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea yuqori darajada, bir nechta nomzodlar ishtirokida keng demokratik va alternativ asoslarda o‘tishi lozim", — dedi Berdimuhammedov.

Turkmanistonda prezidentlik saylovlari so‘nggi bor 2012-yil fevralda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Berdimuhammedov ikkinchi bor prezidentlikka saylangandi. Navbatdagi saylovlar 2017-yil fevralda bo‘lib o‘tishi lozim.

Ilgariroq Turkmaniston parlamenti tomonidan mamlakatning yangi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra prezident vakolatlari besh yildan yetti yilga uzaytirildi, shuningdek prezidentlikka nomzodning “70dan oshmagan” deyilgan yosh cheklovi olib tashlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0