Putinning samolyoti ob-havo tufayli Bishkekka ucholmayapti

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolyot
Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putinning tashrifi kechiktirilayotgani bois, Qirg‘izistondagi sammit 18.00ga ko‘chirildi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bishkekdagi MDHga a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi ikki soatga qoldirilmoqda, deya xabar qildi jurnalistlarga Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati.

"MDH sammiti ikki soatga kechiktirildi, u 18.00da boshlanadi. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin reysi ob-havo sabab kechiktirilgani bilan bog‘liq", — deya xabar qildi matbuot-xizmati vakili.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston rahbarlari, shuningdek Modaviya Bosh vaziri va O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ayni vaqtda Bishkekkayetib kelishgan.

16 sentabr kuni Bishkekda MDH davlatlari rahbarlari kengashining yubiley — 25 majlisi bo‘lib o‘tadi. Yig‘in Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev raisligida o‘tkaziladi. Yig‘in kunning ikkinchi yarmida "Ola-Archa" qarorgohida o‘tkazilishi xabar qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra,yig‘ilishda MDH davlat rahbarlariga imzolash uchun 16ta hujjat taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0