Lavrov Sputnik Qirg‘iziston ofisiga tashrif buyurdi

© Sputnik / Sputnik / Yevgeniy SisoyevSergey Lavrov Sputnik ofisida
Sergey Lavrov Sputnik ofisida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Bishkekda yangi ochilgan Sputnik zamonaviy multimedia markaziga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Bishkekda ochilgan Sputnik Qirg‘iziston multimedi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Sputnik Qirg‘iziston rahbari Yelena Cheremenina vazirga redaksiyaning multimedia imkoniyatlari, internet portal va radiostudiya haqida so‘zlab berdi. Rossiya TIV rahbari Sputnik ommaviylashib borayotganini qayd qildi.

“Mening fikrimcha, shunday halol raqobat bozor talablariga javob beradi. Kimning mahsulotiga talab ko‘p bo‘lsa — o‘sha g‘alaba qozonsin. Men sizlarga omad tilayman”, — dedi Lavrov.

“Menga bu yer yoqdi. Hamma narsa zamonaviy, yuqori texnologiyali. Bu yerda ishlash qiziq va oson ekanligiga ishonaman. Sizlar obyektiv va  har tomonlama o‘ylab ko‘rilgan muqobil nuqtayi nazarni yetkizmoqdasizlar. Aynan shunday ma’lumot hozirgi zamonda xalqaro media maydonda kamob”, — dedi Lavrov so‘zining davomida.     

Sputnik Qirg‘iziston axborot portali rus va qirg‘iz tillarida 2014-yildan boshlab ishlay boshladi. Professional jurnalistlar va redaktorlar jamoasi o‘quvchilarga mahalliy va xalqaro yangiliklarni hamda dolzarb mavzulardagi turli nuqtayi nazarlarni yetkizib bermoqda.  

Sputnik rus, abxaz, arab, arman, gruzin, dari, ingliz, ispan, qurd, qozoq, qrim-tatar, qirg‘iz, latish, moldovan, ozarbayjon, olmon, polyak, portugal, pushtu, serb, turk, tojik, o‘zbek, ukrain, fin, fransuz, xitoy, hind, eston va yapon tillarida eshittirishlar olib boradi va o‘z multimediya kontentlarini yaratadi. Sputnik brendi ostida kechayu-kunduz ingliz, ispan, arab va xitoy tillarida yangiliklar nashr etiladi. Yangiliklar to‘xtovsiz ravishda chop etilishi uchun Vashington, Qoxira, Pekin va Montevideoda joylashgan hududiy tahririyatlar 24/7 tartibida faoliyat yuritadi.

 

Yangiliklar lentasi
0