Mirziyoyev: Bishkek bilan munosabatlarimiz o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda rivojlanadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevga mustahkam sog‘lik va davlat ishlarida muvaffaqiyatlar, qirg‘iz xalqiga esa - tinchlik va farovonlik tiladi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati.

Yo‘llagan tabrik maktubida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevga mustahkam sog‘lik va davlat ishlarida muvaffaqiyatlar, qirg‘iz xalqiga esa — tinchlik va farovonlik tilagan.

"Aminmanki, tarixan yuzaga kelgan o‘zbek-qirg‘iz aloqalari bundan keyin ham do‘stona qo‘shnichilik va hurmat asosida hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida rivoj topadi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0