Putin Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi
RF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayevni mukofotlar ekan "Birgalikda tariximizning eng yorqin sahifalarimizni yodda tutuvchi sizdek insonga bu orden eng munosib mukofotdir", — deb aytgan.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 17-sentabr kuni Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 60 yoshni qarshi oldi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - 60 yoshda: Qirg‘iziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
Yubileyi munosabati bilan Putin Atambayevni "Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni o‘zaro ishonch va strategik hamkorlik ruhida rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi.

Putin ordenni hamkasbi bilan Bishkekda o‘tkazgan ikki tomonlama muzokaralari chog‘ida topshirgan.

Putin ordenni topshirar ekan, Aleksandr Nevskiyning tarixdagi o‘rnini alohida qayd etib, "u Sharq va G‘arb bilan o‘ta dono munosabat o‘rnatgan-ki, natijada, bu aloqalar bizning mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qilgan", deb aytgan hamda"Birgalikdagi tariximizning eng yorqin sahifalarimizni yodda tutuvchi sizdek insonga bu orden eng munosib mukofotdir", — deb qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0