Jamiyat

Bugun Rossiyada yagona saylov kuni

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishRossiyada yagona saylov kuni
Rossiyada yagona saylov kuni - Sputnik Oʻzbekiston
Bu safargi saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Parlamentda oʻrin olish uchun, saylovchilarning kamida 5% ovoziga ega boʻlish kerak.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Bugun Rossiyada yagona saylov kuni. Rossiya fuqarolari Davlat Dumasining yangi tarkibini tanlamoqda. Qrim va Sevastopol aholisi uchun bu birinchi saylovdir.

Rossiyada yagona saylov kuni - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Duma saylovida qatnashish uchun Oʻzbekistonda uch saylov boʻlimi ochiladi

Umumiy hisobda Davlat Dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan chet elda boʻlga Rossiya fuqarolari ham. Markaziy saylov qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan boʻladi. Oʻzbekistonda ham Toshkent, Fargʻona va Navoiy shaharlarida saylov uchastkalari ishlaydi.

Bu yilgi saylovlar boshqalaridan farq qiladi. Oʻtgan saylovda faqat 4 partiya qatnashgan boʻlsa,  bu safar saylovchilar 14 partiyadan birga ovoz berishi kerak. Partiyalar parlamentdan oʻrin olish uchun, saylovchilarning eng kamida 5% ovoziga ega boʻlish kerak.

Saylovda 5%dan koʻp ovoz olgan partiyalar nomzodlarining yarmi partiya tomonidn taklif qilingan roʻyxatlarga asosan tanlanadi, ikkinchi yarmi esa bir mandatli okruglarda saylov oʻtkazish usuli bilan tanlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala