Jamiyat

Prezident saylovini kuzatishga YEXHT vakillari taklif qilindi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishYEXHT vakillari
YEXHT vakillari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi YEXHT vakillarini saylovlarni kuzatish uchun taklif qildi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Markaziy Saylov komissiyasi (MSK) Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti vakillarini Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan prezident saylovini kuzatish uchun taklif qildi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot xizmati.

“Biz YEXHTga diplomatik kanallar orqali rasmiy taklifnoma yubordik. Agar ular kuzatish missiyasi yuborsa – ularga xalqaro kuzatuvchi statusi beriladi”, — dedi  MSK vakili.

Oʻzbekiston birinchi prezidenti islom Karimov 2 sentyabr kuni, 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov xabariga koʻra Oʻzbekiston prezidenti saylovi 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchilarni taklif qilish  23 noyabrgacha davom etadi. 2015 yilning 29 martida boʻlib oʻtgan saylovlarga YEXHT kuzatuvchilarning cheklangan missiyasini yuborgan edi. Saylovlarni dunyoning 43 mamlakatidan 300ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatishgan edi. Ular orasida MDH, YEXHT, SHHT, IHT va Umumjahon saylov organlari vakillari ham bor edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala