Ukrainadagi saylov uchastkalarida vaziyat murakkab

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishUkrainada Rossiya saylov uchastkasini qo‘riqlash
Ukrainada Rossiya saylov uchastkasini qo‘riqlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina hukumati Kiyev va Odessadagi Rossiya diplomatik missiyalari atrofida qo‘riqlash choralarini kuchaytirishga majbur bo‘lishdi.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ukrainadagi diplomatik muassasalarda joylashgan Rossiya Davlat dumasi saylov uchastkalarida vaziyat notinch bo‘lmoqda. Kiyevdagi Rossiya elchixonasi atrofida Ukraina hukumati qo‘riqlashni kuchaytirishga majbur bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda maxsus topshiriqlar bo‘yicha Rossiya elchisi Andrey Nesterenko.

Eslatib o‘tami 17-sentabr tunda 20 ga yaqin radikal millatchilar Rossiya elchixonasi binosiga mushaklar va tutun shashkasi bilan “o‘qqa tutishgan” edi. Baxtli tasodif tufayli yong‘in sodir bo‘lmadi.

"Hozir ham vaziyat murakkab, ayniqsa Kiyevda. Lekin Ukraina hukumati elchixona atrofida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rmoqda. Elchixonada saylov uchastkasi ochilgan”, — dedi Nesterenko.

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainada Rossiya saylov uchastkasi yaqinida radikallar zararsizlantirilmoqda
Aksiya protesta u rossiykix dippredstavitelstv na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada Rossiya saylov uchastkasi yaqinida radikallar zararsizlantirilmoqda

 

Bugun Rossiyada Davlat Dumasiga yagona saylov kuni. Rossiya fuqarolari Davlat Dumasining yangi tarkibini tanlamoqda. Bu safargi saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Parlamentda o‘rin olish uchun, saylovchilarning kamida 5% ovoziga ega bo‘lish kerak.

Umumiy hisobda Davlat Dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan chet elda bo‘lga Rossiya fuqarolari ham. Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan bo‘ladi.

O‘zbekistonda ham Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida saylov uchastkalari ishlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0