Analitika

“Razvedkaning xatosi” AQShga qimmatga tushishi mumkin

© AP PhotoIdlib Suriya
Idlib Suriya - Sputnik Oʻzbekiston
Zarbalar “Islom davlati”ga qarshi kurashayotgan qoʻshinlarga berilganligi vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Xalqaro koalitsiyaning Suriya armiyasiga “adashib” bergan zarbasi Amerikaga qimmatga tushishi mumkin, deb hisoblaydi The American Conservative jurnali sharhlovchisi Deniyel Larison, RIA Novostiga asosan.

Pentagon aviazarba “razvedkaning xatosi” sababli amalga oshirilgan, deb bayonot berdi. Agar haqiqatan ham shunday boʻladigan boʻlsa, bu AQShni noqulay va inqirozga uchratuvchi ahvolga solib qoʻyadi, deydi sharhlovchi. Bundan tashqari, bu holat Suriyadagi kabi koʻp tomonlama fuqarolar urushi davom etayotgan joyda bomba zarbasi berish naqadar xavfli ekanligini koʻrsatadi.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Suriya armiyasiga zarba berdi, 62 kishi qurbon boʻldi

Buning ustiga, zarbalar “Islom davlati”ga qarshi kurashayotgan qoʻshinlarga berilganligi vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. AQShning “xatosi” terrorchilarning foydasiga xizmat qilgan va bu dalil Moskva yoki Damashq tomonidan Vashingtonga qarshi qoʻllanilishi mumkin. Bundan tashqari, hodisa noqulay vaqtda yuz bergan – yaqindagina Suriyada oʻt ochishni toʻxtatish borasida Rossiya bilan kelishuvga erishilgan edi, deydi sharhlovchi.

“ISHIDga qarshi koalitsiya” samolyotlari shanba kuni ID jangarilari qurshovidagi Suriya qoʻshinlariga toʻrt marta zarba berishi oqibatida 62 nafar harbiy halok boʻlgan, 100ga yaqini yaralangandi. Pentagondagilar “afsusda” ekanliklarini va bu zarbalar terrorchilarga qaratilganligini aytishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala