Jamiyat

Ramzan Qodirov tadbirga qoʻlida qilich va nayza bilan keldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishRamzan Qodirov
Ramzan Qodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Chechen ayollari kuni respublikada 2009 yil sentyabridan buyon har yili sentyabrning uchinchi yakshanbasida nishonlanadi.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Checheniston respublikasi rahbarligini vaqtinchalik bajaruvchi Ramzan Qodirov Grozniydagi "Safiya" saroyida Chechen ayollari kuni munosabati bilan tantanali tadbir uyushtirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Tadbirga Qodirov boshida dubulgʻa, egnida sovut, belida qilich va qoʻlida nayza bilan tashrif buyurdi.

Video opublikovano Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) Sen 19 2016 v 2:55 PDT

Saroyda mahalliy ijodiy jamoalar aʼzolari boʻlgan qizlar, respublikaning taniqli ayollari yigʻilgandi.

"Chechen ayollari fan, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jamiyat hayotida yildan-yilga yangi choʻqqilarni zabt etayotganliklari bizni quvontiradi. Chechenistonning barcha ayollarini qizgʻin tabrikladim, ularga tinchlik va farovonlik tiladim. Barcha qizlar chiroyli guldastalar olishdi. Tungi osmonni esa bayram mushaklari yoritdi!" — deb yozadi Ramzan Qodirov oʻzining Instagramdagi sahifasida.

Chechen ayollari kuni respublikada 2009 yil sentyabridan buyon har yili sentyabrning uchinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bayram Kavkaz urushi vaqtida halok boʻlgan 46 nafar chechen qizlari xotirasiga atalgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala