Ekspert: O‘zbekiston xavfsizlik bo‘shlig‘ida qoladimi?

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy
Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hududdagi hech bir asosiy o‘yinchi (AQSh, Rossiya, Xitoy) hozirda O‘zbekistonda vaziyatning beqarorlashuvidan manfaatdor emas,-deydi ekspert Innokentiy Adasov.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Siyosiy ekspert Innokentiy Adasov Sputnik  O‘zbekiston tahririyati uchun o‘zining mamlakatdagi vaziyat borasidagi tahliliy fikrlarini taqdim etdi.

O‘zbekistonda so‘nggi haftalarda vaziyatning rivojlanishi Toshkentdagi yangi hukumat mamlakatdagi va butun Markaziy Osiyo hududidagi barqarorlikni qanday ta’minlamoqchi ekanligi haqidagi savolga javob bermaydi.

To‘g‘ri, bunga mamlakatda hokimiyat almashuvi hali to‘liq yakunlanmaganligi va respublika uchun dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar birinchi o‘rinda turganligini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

Lekin sobiq sovet respublikalari tajribasidan ma’lumki, aynan rasmiy saylov natijalariga rozi bo‘lmaslik mavjud hokimiyatni almashtirish kampaniyasini boshlab berishi mumkin.

Buni Toshkentdagilar anglashadimi?

Nafaqat anglashadi, balki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ittifoqchilarni ham qidirishmoqda.

KXShT e’tiborli kuzatuvchi sifatida

1992 yil 15-mayda Toshkentda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kollektiv xavfsizlik bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Keyinroq unga Ozarbayjon, Gruziya va Belorussiya qo‘shildi.

Islom Karimov o‘sha yillari O‘zbekistonga Afg‘oniston va Tojikistondan (fuqarolar urushi boshlangandi) beqarorlik o‘tishi mumkinligidan xavotirda edi va Rossiya bilan harbiy ittifoqchi bo‘lishdan manfaatdor edi.

Biroq Tojikistonda fuqarolar urushi tugadi (O‘zbekistonning bevosita ishtiroki orqali), toliblar O‘zbekistonga bostirib kirishmadi va 1999-yilda Toshkent MDH davlatlari kollektiv xavfsizligi tizimidagi ishtirokini uzaytirmadi.

Ammo 2005-yil 13-may voqealari va G‘arb bilan munosabatlar keskin sovib ketganidan keyin Toshkent MDH davlatlari kollektiv xavfsizligi tizimiga (KXShT) qaytishga qaror qildi. 2006-yil avgustida O‘zbekiston ushbu harbiy tashkilot a’zosiga aylandi.

KHShT mamlakatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
KXShT Kengashi – O‘rta Osiyoda tinchlikni mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan qadam.

Lekin Islom Karimov tashkilotning Qirg‘iziston janubida antiterroristik bazasi va tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar tashkil etilishiga qarshi chiqdi. 2009 yil boshlariga kelib O‘zbekiston KXShTdagi a’zoligini muzlatib qo‘ydi. 2012-yilda esa Toshkent harbiy blokdan chiqishini rasman e’lon qildi.

KXShTdan chiqqach, O‘zbekiston nafaqat tashqaridan hujum bo‘lganda kollektiv xavfsizlik huquqidan, balki Rossiyaning ichki narxlarida qurol-yarog‘ va ehtiyot qismlar sotib olish, KXShT ishtirokchi davlatlaridan razvedka ma’lumotlarini olish, Rossiya harbiy oliygohlarida beg‘arazlik asosida o‘z kadrlarini tayyorlash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Majburiyatsiz kafolat?

NATO kuchlarining mamlakatga taklif etilishi (2014 yilda rasmiy Toshkent NATOga poytaxtda blokning vakolatxonasini ochishga ruxsat bergan) mamlakatdagi vaziyatni keskinlashtirib yuborishi mumkin (O‘zbekiston hududida NATO bazasining paydo bo‘lishi uning qo‘shni Afg‘onistondagi turli jihodchi guruhlarning nishoniga aylanishi mumkin).

Bundan tashqari, NATO hududdagi navbatdagi nizoga aralashmaslikka urinadi va Afg‘onistondan imkon boricha talofatlarsiz chiqib ketish yo‘lini qidiradi.

Hozirda faqatgina KXShT Markaziy Osiyo hududida barqarorlikni saqlab qolish uchun harbiy salohiyatga ega va tashvishli vaziyatni e’tibor bilan kuzatib turibdi.

Hududdagi xavfsizlikka nisbatan tahdid faqat Afg‘onistondangina emas.

Kollektiv operativ kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Zatulin: KXShT yordamiga boshqa davlatlar muhtoj bo‘lishi mumkin

Kuzatuvchilar o‘zbeklar ko‘p bo‘lgan Qirg‘iziston janubida beqarorlik yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Xitoyning Bishkekdagi elchixonasiga hujum uyushtirilishi (ushbu terakt tashkilotchisi kim ekanligi haligacha aniq emas) Qirg‘iziston yana xalqaro terrorizm e’tiboriga tushganligidan dalolat beradi.

Yaxshiyamki, Qirg‘iziston janubida 2010-yil iyunda yuz bergan to‘qnashuvlarning qaytarilishi ehtimoli kam: mamlakat hokimiyati nisbatan mustahkam, Qirg‘iziston va KXShT davlatlari maxsus xizmatlari o‘zbek va qirg‘iz diasporalaridagi ekstremistik guruhlarning faolligini monitoring qilib turibdi.

Lekin “qirg‘iz o‘zbeklarining kamsitilishi” O‘zbekistondagi ekstremistlarning dastagi bo‘lgan va afsuski mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun yana mana shu dastakdan foydalanishlari mumkin.

Urug‘-aymoqlar murosasi

Hududdagi hech bir asosiy o‘yinchi (AQSh, Rossiya, Xitoy) hozirda O‘zbekistonda vaziyatning beqarorlashuvidan manfaatdor emas.

KXShT Operativ javob berish kuchlari o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston KXShT o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashadi

Mamlakatning yuqori lavozimli amaldorlari orasida tarafkashlik boshlansa barqarorlikka nisbatan tahdid uyg‘onishi mumkin.

Bo‘lajak saylovlardan keyin qaysidir tomon o‘zini hokimiyatdan chetlatilgan deb hisoblasa muxolifat bilan ittifoq tuzishga urinishi mumkin.

O‘zbekistonning hududdagi yetakchilar (shuningdek harbiy bloklar bilan ham) bilan munosabatlari qay asosda bo‘lishi O‘zbekistondagi hukmdor sinflarning o‘zaro murosasiga bog‘liq. Toshkent qandaydir xavfsizlik bo‘shlig‘iga tushib qolmaydimi?

Bunday murosa uzoq vaqtni olmasligi lozim.

Muallif fikri tahririyat qarashlaridan farqlanishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0