Saudiya Arabistonida qator teraktlarning oldi olindi

Obuna bo‘lish
Butun mamlakat bo‘ylab teraktlarni rejalashtirgan ID terrorchilik guruhining uchta bo‘linmadan iborat tarmog‘i fosh etildi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmatlari butun mamlakat bo‘ylab teraktlarni rejalashtirgan ID terrorchilik guruhining uchta bo‘linmadan iborat tarmog‘ini fosh etdi, deb xabar beradi RIA Novosti qirollik IIV vakili Mansur at-Turkiyga asoslanib.

"IDga aloqador uchta bo‘linma to‘rtta teraktni amalga oshirishni mo‘ljallagan", — dedi at-Turkiy.

Uning aytishicha, portlashlar, qotilliklar va olimlar, harbiylar hamda diniy muassasalarga hujum qilishni rejalashtirgan 17 terrorchi qo‘lga olingan bo‘lib, ular orasida bir ayol ham bor.

"O‘n to‘rt kishi Saudiya Arabistoni, bir kishi Misr, bir kishi Yaman va yana bir kishi Falastin fuqarosi", — deb qo‘shib qo‘ydi at-Turkiy.

Yangiliklar lentasi
0