Jamiyat

Suriya armiyasi “Jabhat an-Nusra” hujumini qaytardi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Fotobankka oʻtishAleppoda Soʻriya armiyasi
Aleppoda Soʻriya armiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Eng shiddatli janglar Aleppo gʻarbida harbiy oʻquv yurti va 1070 kvartali hududlarida boʻlib oʻtdi. Terrorchilar toʻrt tank, uch jangovor mashina, pulemyot oʻrnatilgan toʻqqiz pikap avtomobillari yoʻqotishdi. Yuzga yaqin jangari yoʻq qilindi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida Suriya harbiylari “Jabhat an-Nusra”  jangarilari hujumini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Yuzdan ortiq terrorchilar yoʻq qilindi, deb xabar qilmoqda Suriyada tinchlik oʻrnatish markazi.

Bir kun oldin “Jabhat an-Nusra” jangarilari Aleppo janubi-gʻarbida hujumga oʻtishgan edi. Hujum natijasida jangarilar Shayx-Masud va Al-Shkeyf hududlarida hukumat qoʻshnlarini siqib qoʻyib “Kastello” magistralining 1 km boʻlagini qoʻlga kiritishgan edi.  

Suriya armiyasi Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida terrorchilar hujumini qaytarishga muvaffaq boʻlishdi.  “Jabhat an-Nusra”ning hujumchi otryadlari butunlay yoʻq qilindi.

Eng shiddatli janglar Aleppo gʻarbida harbiy oʻquv yurti va 1070 kvartali hududlarida boʻlib oʻtdi. Terrorchilar toʻrt tank, uch jangovor mashina, pulemyot oʻrnatilgan toʻqqiz pikap avtomobillari yoʻqotishdi. Yuzga yaqin jangari yoʻq qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala