Iqtisod

Moskvadagi koʻrgazmada oʻzbek tekstil korxonalari 200 mln dollarlik shartnoma imzolaydi

Koʻrgazmada Oʻzbekiston toʻqimachilik bozoridagi 90dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Respublika korxonalarining milliy koʻrgazma stendi 800 kvadrat metrga yaqin maydonni egallaydi va Oʻzbekiston yengil sanoatining ulkan salohiyat va imkoniyatlarini namoyish etadi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Oʻzbekiston korxonalari bugun Moskvada boshlangan "Tekstillegprom-2016" (Tekstilyengilsanoat-2016) koʻrgazmasida Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha 200 million dollardan ortiq miqdordagi shartnomalar imzolashni koʻzda tutmoqda, deb xabar berdi “Oʻzbekengilsanoat” AJ vakili Sputnik zbekiston muxbiriga.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston toʻqimachilik bozoridagi 90dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Respublika korxonalarining milliy koʻrgazma stendi 800 kvadrat metrga yaqin maydonni egallaydi va Oʻzbekiston yengil sanoatining ulkan salohiyat va imkoniyatlarini namoyish etadi.

"Oʻzbekistonlik tekstil ishlab chiqaruvchilarining bunday xalqaro miqyosdagi tadbirda ishtirok etishlari kutilgan edi. Zero bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi bozorga xom ashyo yetkazib beruvchidan tayyor mahsulot yetkazib beruvchiga aylanib borish asnosida toʻqimachilik sanoati bilan shugʻullanuvchilarni oʻziga tortuvchi “ohanrabo markaz” maqomini olmoqda", — dedi jamiyat vakili.

Oʻzbekiston yengil sanoat korxonalarining mazkur tadbirda qatnashishlari oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining ichki va xalqaro hamkorlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob beruvchi eksport salohiyatini rivojlantirishi, kelgusi yillar uchun ishonchli va mustahkam iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun zamin yaratishiga mahalliy ekspertlarning ishonchi komil.

Oʻzbek matolari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkentda ikkita toʻqimachilik koʻrgazmasi ochildi

Bunday xulosaga kelish uchun sabablar yetarli. Koʻplab xorijiy import kompaniyalari, yirik savdo tarmoqlari, riteylerlarning vakillari Oʻzbekistonning milliy stendiga tashrif buyurish taklifini bajonidil bajonidil qabul qildilar. Bu yerda koʻrishga arzigulik mahsulotlar koʻplab topiladi, chunki bugungi kunda mamlakatning tekstil sanoati eksport uchun kalava ipdan tortib tayyor trikotaj kiyimlargacha boʻlgan keng turdagi mahsulotlarni taklif etmoqda.

Koʻrkam va oʻziga xos tarzda bezatilgan milliy stendda tekstil sanoatining barcha yoʻnalishlaridagi korxonalarning yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etiladi.

Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarning eʼtiborini oʻzbek milliy matolari – atlas, beqasam, banoras hamda ulardan tayyorlangan kiyimlar jalb etishi shubhasiz, zero bu matolar hali ham oʻz ommabopligini yoʻqotgani yoʻq. Shuningdek ipakdan qoʻlda toʻqilgan gilamlar va ipakchilik sanoatining asosiy xom ashyosi boʻlgan pilla, anʼanaviy va zamonaviy oʻzbek ayollar milliy kiyimlari, suvenir mahsulotlari ham namoyish etiladi.

Oʻzbekistonlik qatnashchilar ajoyib shou ham tashkil etadi – “Sharq liboslari” dizayn markazining yangi kiyimlar kollektsiyasi namoyishi boʻlib oʻtadi. Namoyishda Oʻzbekistonning qadimiy va boy tarixini, milliy anʼanalarini ifodalovchi oʻzbek milliy kiyimlari taqdim etiladi.

Xorijlik ishbilarmonlar koʻrgazmada Toshkent va Fargʻonaning oʻziga xos turfa xil matolari, Xorazmning zargarlik buyumlari, Buxoroning zardoʻzlik sanʼati, Samarqandning meʼmoriy merosi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpogʻistonning kashtachilik mahoratiga guvoh boʻlishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala