Siyosat

Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etdi

© Sputnik / Yuriy Somov / Fotobankka oʻtishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Shu yilning 4 dekabrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qonun hujjatlari hamda Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq qizgʻin tayyorgarlik koʻrilayotgani xabar qilindi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boʻyicha Respublika matbuot markazi tomonidan.

“Shu yilning 20 sentyabr kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida partiyalar rahbarlari tomonidan imzolangan arizalari, Adliya vazirligining siyosiy partiyalar roʻyxatga olinganligi koʻrsatilgan maʼlumotnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini taqdim etdilar”, deyiladi matbuot markazi xabarnomasida.

Xabarda shuningdek, shu kunning oʻzida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish maqsadida murojaat qilib, tegishli hujjatlarni taqdim etganligi bildirilgan.

Saylov qutisi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda prezidentlik sayloviga 14ta saylov okruglari tashkil qilindi

“Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi, – dedi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari K.Adilov. – Amaldagi qonunchilikka muvofiq saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda eʼlon qilinadi”, deya yakunlanadi xabarnoma.

2016 yilning 19 sentyabr kuni Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish maqsadida tegishli hujjatlar toʻplamini taqdim etgani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala